Tinch qo'ymading aldab shirin so'zlar bilan
Sevgi to'la yonib turgan ko'zlar bilan
Ishonibman senga kulib nozlar bilan
Bugun yana kelding ayt qay yuzlar bilan
Yurak yig'lab hech o'zimga kelolmadim
Qasting bormi menda yoki bilolmadim
Savollarimga hech javob topolmadim
Bu aldamchi ko'zlaringa qarolmadim