O'tkinchi dunyoni ortidan quvib
Dunyoni kezdima ko'ksimni kerib
Bugun ostonadan bir qadam qo'yib
Pinhona yig'ladim ich ichim to'lib
Onamning sochida oqlarni ko'rib
Yuragi ezilgan yo'limga qarab
Dostu yaqinlardan holimni so'rab
Sog'inchdan bosh egib qolibdi nurab
Ko'rdimu shu ondan tiriklay so'ldim
Onamning sochida oqlarni ko'rib
Qo'llarida hassa yuragi yarim
Dunyoda yagona g'amxo'rim mani
Ezilib ketyabman o'ylagan sari
Pinhona yig'ladim ich ichim to'lib
Onamni sochida oqlarni ko'rib