Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,
So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.
Go‘zaldursan barcha qoshi kamonlardan,
Jonim, seni asragayman yomonlardan.
Sadoqatda meningdayin oshig‘ingni
Topolmassan Andijonu Surxonlardan.
Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,
So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.