Mehnatsiz turmushga ko‘ngil boylagan,
Elim deb ko‘ksiga mushtin urmagan,
To‘rtta jo‘jasiga katak qurmagan
Otaning qadrini qaydanam bilsin.
Labda qizil bo‘yoq, egnida nimcha,
Kiygani o‘zi-ku tor, tajang shimcha,
Chiroyiga bino qo‘ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydanam bilsin.
Ishq bu kimlar uchun bir umr armon,
Kimga hasrat, kimning dardiga darmon,
Ro‘zg‘or nimaligin bilmagan nodon
Xotinning farqini qaydanam bilsin.